Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi akademik litseyi (SamDTI
qoshidagi 1-son akademik litsey) poydevori dastlab 2004-2005 o`quv yilida
qo`yilgan b`olib, 18 yillik tarixiy yo`lni bosib o`tdi. Akademik litsey
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarori va
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2004-yil
27-sentabrdagi 198-sonli buyrug’iga asosan tashkil etilgan bo’lib,
2004-2005-o’quv yilidan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi
1-son akademik litsey bo’lib ish boshlagan va litsey direktori vazifasini
vaqtincha SamDTI litsey internat direktori k.f.d., prof. M.D.Davronov
bajargan. Akademik litsey direktori lavozimida 2005-2007 yillar k.f.n
A.Raximberdiyev, 2007-2010 yillar E.A.Safayeva, 2010-2019 yillar k.f.n
M.U.Djalilovlar faoliyat ko’rsatganlar.
Akademik litsey 2017-yilga qadar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti
qoshidagi 1-son akademik litsey nomi ostida faoliyat olib borgan bo’lib,
hozirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi
“Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlari maqsadli tayyorlash
tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3290-sonli qarori hamda
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2017-yil
2-oktabrdagi № 583-sonli buyrug‘i asosida akademik litsey Samarqand Davlat
tibbiyot universiteti tasarrufiga o’tkazildi va “Samarqand Davlat tibbiyot
universiteti akademik litseyi” nomi bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti rektori prof. A.M.Shamsiyev
tomonidan 2019-yil 8-aprelda akademik litseyning o’quv, ilmiy, ma’naviy va
ma’rifiy ishlarini yanada yaxshilash maqsadida institutning “Tibbiy
biologiya va genetika” kafedrasi mudiri b.f.n, dots. X.I.Maxmudova akademik
litsey direktori etib tayinlandi. Samarqand Davlat tibbiyot universiteti
akademik litseyi faqat tabiiy fanlar yo’nalishiga ixtisoslashgan bo’lib,
institut bilan hamkorlikda o’zining zamon talablariga mos o’quv-ilmiy,
moddiy-texnik bazаsiga ega. Akademik litseyda darslar zamonaviy, jahon
ta’lim standartlariga mos o’quv xonalarida katta tajribali va
ilmiy-pedagogik salohiyatga ega o’qituvchilar tomonidan o’qitishning
interfaol usullari, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda olib
boriladi. Jumladan, chuqurlashtirilgan kimyo, biologiya, fanlaridagi
laboratoriya mashg’ulotlari maxsus laboratoriya o’quv xonalarida, amaliy
mashg’ulotlar esa kichik guruhlarga bo’lingan holda o’tiladi.
Hozirda akademik litseyda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
5-sentabrdagi PF-5538-sonli farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 13-maydagi 392-sonli qaroriga asosan rejali va joriy attestasiyadan
o’tgan 36 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda, ularning 1 nafari
fan nomzodi, 4 nafari bosh o’qituvchi, 6 nafari yetakchi o’qituvchi, 13
nafari esa katta o’qituvchilar hisoblanadi.
Akademik litseyda o`qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va
mahoratini muntazam oshirib borishga alohida ahamiyat qaratilib, Samarqand
Davlat tibbiyot universiteti kafedralari professor o’qituvchilari bilan
birgalikda o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy hamkorlik ishlari olib
borilmoqda. Shuningdek, 2020-2023 yillarda Samarqand Davlat tibbiyot
universiteti rektorining tashabbusi bilan akademik litsey o’qituvchilari
xorijiy davlatlarda malaka oshirishi rejalashtirilgan.
Hozirda SamDTU akademik litseyida ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan 4 ta: