Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni

SamDTU akademik litseyida 1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda akademik litsey direktori X.I.Maxmudova, SamDTU "Yuqumli kasalliklar" kafedrasi assistentlari Sh.A.Rustamova, O.S.Tirkashev, N.S.Yakubova, D.A.Shodiyeva, Z.D.Baxriyeva, "Epidemiologiya" kafedrasi assistenti T.T.Mamatkulov, va akademik litsey o'quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir tashkilotchilari o'quvchilarga OITS kasalligining kelib chiqish tarixi, yuqish sabablari va kasallikning salbiy oqibatlari xaqida ma'lumotlar berishdi. Tadbir davomida SamDTU "Davolash-l" fakulteti 501-gurux talabalari tomonidan viktorina o'tkazilib, viktorinada faol ishtirok etgan o'quvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

05-Dec.2023