SamDTU akademik litseyda 1992- yil 10 - dekabr "Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʼgʼisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan kunga bagʼishlangan tadbir oʼtkazildi. Tadbirni barcha tadbir ishtirokchilari Davlatimiz madhiyasini gʼurur va iftixor bilan kuylashdan boshlashdilar. Tadbirda akademik litsey ijrochi direktori X.I.Maxmudova, YoBIBDOʼ F. S. Mamatqulov va tarix fani oʼqituvchisi А.O.Musurmonovlar soʼzga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilarni ushbu qutlugʼ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etdilar.Tadbirda soʼz olganlar Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qoʼyilganini hamda davlat madhiyamizda xalqimizning ezgu orzu - umidlari, kelajakga boʼlgan mustahkam ishonchi teran ifodalanganligi, unda mardona va sharaflarga boy oʼtmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik va millatlararo totuvlik, birodarlik kabi umuminsoniy tuygʼular ifodalanganligi hamda Oʼzbekiston fuqarolari shuningdek mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilish shartligini alohida taʼkidladilar.