Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida 2025-2026-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan 3-sentyabr kuni “BIRINCHI QOʻNGʻIROQ” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda akademik litseyga joriy oʻquv yilida qabul qilingan oʻquvchilar, 2- kursga qadam qoʻygan oʻquvchilar, akademik litsey professor-oʻqituvchilari va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbirni akademik litsey ijrochi ditektori X.I.Maxmudova ochib berib yangi oʻquv yilini boshlagan va akademik litseyga qadam qoʻygan oʻquvchilarni samimiy tabrikladi, ularning kelajakdagi oʻqishlariga omad tiladi. Akademik litsey ijrochi ditektori X.I.Maxmudova soʻzida davom etib oʻtgan oʻquv yillaridagi litsey bitiruvchilarining OTMga kirish koʻrsatkichlari, akademik litsey oʻqituvchi va oʻquvchilari tomonidan qoʻlga kiritilgan milliy va xalqaro sertifiktlar, muddatidan oldin talaba boʻlgan bitiruvchilar haqida ma’lumot berdi.