Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

8-dekabr "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 24-noyabrdagi 508-sonli buyrug‘iga asosan SamDTU akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yangi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish mavzusida olimpiada o‘tkazildi. Olimpiada ochilish marosimida avvalo o‘quvchilarga olimpiada shartlari hamda Yangi konstitutsiyamiz yangi qoidalari va tamoyillari bo‘yicha tushunchalar berildi. Olimpiada bosqichida o‘quvchilar o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Olimpiada natijalari bo‘yicha Izzatullayeva Aziza l o‘rinni, Haknazarov Elshodbek ll o‘rinni, Kurmuratov Ozodbek lll o‘rinlarni egallashdilar. Olimpiada taqdirlash marosimida faxrli o‘rinni egallagan o‘quvchilar va faol ishtirokchilar diplom,sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Olimpiada barcha o‘quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.

05-Dec.2023