Akademik litseylarda qabul tugashiga 2 kun qoldi.
9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish davom etmoqda.
📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akademik litseyiga hujjat topshirmoqchi bo'lgan abiturientlar quidagi aloqa markazi raqamlariga qo'ng'iroq qilishlari mumkin:
(66) 232-23-58
(93) 239-81-89
(97) 287-01-31
(93) 992-73-60