Akademik litsey o‘quvchilarining bilim darajasini oshirish va kafedra o‘qituvchilariga uslubiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida amaliy dars o‘tkazildi. Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti akademik litseyida 2025-yil 20-yanvar kuni “Erta nikoh va uning asoratlari” mavzusida SamDTU DKTF Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, professor Agababyan L.R. tomonidan ochiq ma’ruza tashkil etildi. Ma’ruzada ishtirok etganlar mavzu bo‘yicha juda ko‘p chuqur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ochiq ma’ruza juda ham qizg‘in bahs — munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Mavzu bo‘yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, professor Agababyan L.R. aniq va lo‘nda qilib javob berdi. Ushbu o‘tkazilgan ochiq ma’ruza qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.