SamDTU va akademik litsey hamkorligida oʼquvchilar turar joyida akademik litsey direktori b.f.n, dotsent X.I.Maxmudova, SamDTU Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi mudiri PJD, R.N.Аbdumuminova va akademik litsey xotin-qizlar qoʼmitasi raisi Z.U.Musulmanovalar ishtirokida " Oʼquvchilarda sogʼlom turmush tarzi va salomatlik madaniyatini shakllantirish, ularni yuksak maьnaviyatli shaxs qilib tarbiyalash'" mavzusida akademik litsey oʼquvchi-qizlari bilan tadbir oʼtkazildi. Tabdirda sogʼlom turmush tarzi mezonlari va tibbiy salomatlik sirlari to'gʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Tadbirda oʼquvchi-qizlar oʼzlarini qiziqtirgan koʼplab savollari bilan faol qatnashishdi.