Аkademik litseyimizda yangi o‘quv yilining yangi bosqichlari boshlandi: " Rahbar va I-bosqich o‘quvchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda litsey rahbariyati,murabbiylar ham ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida: Ezgu niyatlar va qutlov: Akademik litsey direktori X.Maxmudova o‘quvchilarni SamDTU akademik litseyiga qabul qilingani bilan muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ilmiy izlanishlariga zafarlar tiladi. Maqsad va imkoniyatlar: Akademik litseyda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish va yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha davlatimizda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bir qator muhim ustuvor yo‘nalishlarni ta’kidlandi. Bu samimiy uchrashuv: Yoshlarimiz uchun nafaqat tanishuv, balki katta marralarni zabt etish yo‘lida kuchli motivatsiya va birinchi ishonchli qadam bo‘ldi. Yangi o‘quv yili barcha I-bosqich o‘quvchilarimizga ulkan zafarlar, bitmas-tuganmas bilim va yorqin g‘alabalar olib kelsin!