⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga! Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin: 1️⃣ my.edu.uz platformasida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi; 2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin. ❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. 🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈 👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing) #Qabul2025 #AkademikLitsey #Ruxsatnoma
20-Jul.2025