#Qabul2025 #AkademikLitsey
⚡️Akademik litseylarga qabul boshlanadi
💬 10-iyundan 2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlanadi.
📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
✔️ O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Maslahat markazlari” yoki Vazirlikning @eduuzuniversalbot'i orqali olish mumkin.
*Eslatma:
📂 Qabul kvotasi bu yerda 👈
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda 👈
Manba