SamDTU akademik litseyi o’quv jarayoni va ilmiy salohiyatini rivojlantirish bo’yicha universitet barcha fakultetlari tarkibidagi kafedralarning professor-o’qituvchilari ishtirokida o’tkaziladigan dars mashg’ulotlarining reja-grafigi asosida akademik litsey o’quvchilarining bilim darajasini oshirish va kafedra o’qituvchilariga uslubiy yordam ko’rsatish maqsadida amaliy dars tashkil etildi. SamDTU Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi professori t.f.d. F.S.Oripov, dotsenti t.f.n. X.X.Boykuziyev vs assistentlari M.B.Okbayev, B.I.Djurakulovlar tomonidan akademik litsey o’quvchilariga "Qon va limfa gemotsitopoez " mavzusida ochiq ma’ruza va master klass o’tkazildi.