SamDTU akademik litseyi Biologiya kafedrasi, Xotin-qizlar kengashi hamda Universitet Davolash fakulteti 3-son Аkusherlik va Ginekologiya kafedrasi hamkorligida "Biz sogʼlom turmush tarzi tarafdorimiz" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Universitet davolash fakulteti 3-son Аkusherlik va ginekologiya kafedrasi assistentlari I.N.Kamarova va Y. А.Tangirovalar akademik litsey oʼquvchi-qizlariga Sogʼlom turmush tarzi, uning yetti qoidasi hamda sogʼlom turmush tarzini normal olib borilishi, oʼsmir qizlar organizmida kechadigan fiziologik holatlarda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar va tavsiyalar berdilar. Seminarda oʼquvchi qizlar fiziologik holatlarda kelib chiqadigan muammolar boʼyicha oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashdilar. Seminar yakunida faol ishtirok etgan iqtidorli oʼquvchi-qizlar sertifikatlar bilan takdirlandilar.