Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

Bugun akademik litseyimizda yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari yana bir muhim qadam!

Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari yana bir muhim qadam! 📚✨ Bugun akademik litseyimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami hamda Bilimlar kuni munosabati bilan "Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik" bosh g‘oyasi ostida yuqori shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Universitet va akademik litsey rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘qishdagi yutuqlari, faolligi va olimpiyadalardagi muvaffaqiyatlari bilan ajralib turgan o‘quvchilar akademik litsey rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar Yangi o‘quv yilida i barcha o‘quvchilarimizga sihat-salomatlik, omad va zafarlar yor bo‘lishini hamda semestrlarni muvaffaqiyatli tugallashlarini tilaymiz! 🤍

13-Sep.2026