Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida rejaga muvofiq Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda akademik litsey kafedralari professor-o‘quvchilari tomonidan ochiq toʻgarak darslari, kimyo va biologiya fanlaridan qiziqarli laboratoriya mashgʻulotlari,akademik litsey o‘quvchilari- havaskor bo‘lajak jarrohlar tomonidan quyon, oq sichqon, baliq va baqa hayvonlarida operatsiya jarayonlari amalga oshirildi. Tadbir ishtirokchilariga akademik litsey faoliyati hamda akademik litsey da yaratilgan shart-sharoitlar haqida to‘liq maʼlumotlar berildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilariining aksariyati akademik litseyga topshirish istagini bildirdilar.
Havola
Havola