Bugun Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Universitet bilan hamkorlikda Viloyat maktablarining 9-sinflari o‘rtasida Biologiya va kimyo fanlaridan “Rektor olimpiadasi” o‘tkazildi. Musobaqani akademik litsey direktori b.f.n, dots. Maxmudova X. I ochib berdi va olimpiada ishtirokchilariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng, universitetning pofessorlari: Q.M. Xolikov, F.S. Oripov hamda G.O‘. Samiyevalar so‘zga chiqib, tanlov qatnashuvchilariga muvaffaqiyatlar tiladilar. Olimpiadada Viloyatning umumta’lim maktablaridan 200 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, sovrunli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Biologiya fanidan 1-o‘rinni Buzrukova Mavluda Muxammadixon qizi, 2-o‘rinni Do‘syorova Kamola Rustam qizi, 3-o‘rinni Yarasheva Marjona; Kimyo fanidan 1-o‘rinni Ahmedova Jasmina Murodovna, 2-o‘rinni Amirov Asilbek Umar o‘g‘li, 3-o‘rinni Abdumajidova Ma‘mura Qahramon qizi egallashdilar. G‘olib o‘quvchilar Samarqand davlat tibbiyot universitetti rektorining DIPLOM va ESDALIK sovg‘alari bilan taqdirlandilar.