2025-Yil 14-fevral kuni Sam DTU akademik litsey faollar zalida Buyuk mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag’ishlangan “Boburni yod etib” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 106-guruh o’quvchilari tomonidan Bobur hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, g’azal va ruboiylaridan namunalar hamda Shohjahon Jo’rayevning Boburning 542 yilligiga bag’ishlangan “Andijonim qoldi mening” nomli qo’shig’iga sahna ko’rinishi namoyish etildi. Tadbir so’nggida faollar zalida yig’ilganlarga Bobur hayoti va ijodiga oid savollar berildi. G’olib o’quvchilar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.