Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

Davra suhbati bo'lib o'tdi

Joriy yilning 1-noyabr sanasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida “Diniy aqidaparastlik, internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbatida akademik litsey ijrochi direktori X.I.Maxmudova, YBIBDO‘ F.S.Mamatqulov, akademik litsey psixologi J.Hakimov, SamDTU rektori maslahatchisi E.A.Aripov, SamDTU akademik litsey va jamoat salomatligi texnikumlari bo’yicha prorektor B.N.Eshbekov, guruh rahbarlari va akademik litsey o’quvchilari ishtirok etishdi. Davra suhbatida SamDTU rektori maslahatchisi E.A.Aripov, SamDTU akademik litsey va jamoat salomatligi texnikumlari bo’yicha prorektor B.N.Eshbekovlar o’zlarining “Diniy aqidaparastlik, internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida akademik litsey ijrochi direktori X.I.Maxmudova o’quvchilarga berilgan ma’lumotlardan tegishli xulosa chiqarishlarini, chuqur bilim egallab oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishi kerakligini ta’kidladi.

03-Nov.2024