Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti akademik litseyida A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot kutubxona markazi bilan birgalikda davra suhbati bo'lib o'tdi.

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot kutubxona markazi va Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti akademik litseyi hamkorligida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi , atoqli adib va jamoat arbobi , noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlab davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatini Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti akademik litseyi yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari Mamatqulov Fazliddin Sattorovich ochib berdi.Axborot kutubxona markazi mutaxassislari Vohidova Nigora va Abdiaxatova Nilufar tomonidan jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti va ijodi va axborot kutubxona markazida mavjud bo'lgan Behbudiyning asarlari haqida litsey o'quvchilariga ma' lumot berildi. O'quvchilarga Behbudiyning matbuotga qo'shgan hissasi , Behbudiy safarlari to'g'risida psixolog Hakimov Jamshid Komilovich hamda yoshlar yetakchisi Maxmudov Umid Maxmudovich tushuncha berib o'tdi. Tadbir so'ngida o'quvchilar tomonidan qiziqarli savollar berilib, kerakli ma'lumotlar olindi.

11-Jan.2025