SamDTU akademik litseyida "Direktor va sardorlar uchrashuvi" ochiq davra suhbati bo'lib oʼtdi. Ochiq davra suhbati rahbarlar va sardorlar oʼrtasida juda samimiy oʼtdi. Guruh sardorlari oʼquvchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollar berishdi va ijobiy javoblar olishdi. Bundan tashqari mavjud ayrim muammolarni ham aytishdi. Muammolarni deyarli hammasini yechimlari joyida hal qilindi. Davra suhbati yakunida har haftada sardorlar bilan uchrashish kuni belgilab olindi.