16-fevral sanasida SamDTU akademik litseyida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Oilalarni mustaxkamlash va xotin-qizlarlarning faolligini oshirish buyicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PK-401-son qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida oʼtkazilgan yigʼilishining 2024 yil 19-yanvardagi 1-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, 11-fevral Ilm fan soxasidagi ayollar va qizlar Xalqaro kuni munosabati bilan "Ilmli ayol-jamiyat koʼzgusi"mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʼlib oʼtdi. Аnjumanda SamDTU akademik litsey direktori dotsent X.I.Maxmudova va SamDTU Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri, professor G. Oʼ. Samieva, Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, professor D. Q. Xolmurodova, Tillar kafedrasi mudiri, PJD S. K. Yorovalar, kafedra assistentlari hamda akademik litsey oʼqituvchilari va yosh izlanuvchi oʼquvchi-qizlar oʼzlarining ilmiy maʼruzalari bilan qatnashdilar. Аnjuman qatnashchilariga akademik litsey havaskor oʼquvchilari oʼz musiqiy chiqishlari bilan aʼlo kayfiyat bagʼishladilar. Аnjuman yakunida eng yaxshi maʼruzalar boʼyicha yosh izlanuvchi akademiklar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.