Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti akademik litseyida Universitet 1-son Davolash fakulteti "2- son Otorinolaringologiya” kafedrasi professori M.T. Nasretdinova, Ass K.M..Raupova va Ass.K. A. Rasulovalar tomonidan litsey o’quvchilariga “Eshitish azolarining anatomiyasi, fiziologiyasi. Eshitish analizatorini tekshirish usullari”ochiq ma'ruza va master klass o’tkazildi. Ma'ruza jarayonida professor.-o’qituvchilar o’quvchilarga eshitish analizatorlarining ichki va tashqi tuzilishi hamda ushbu analizatorni tekshirish usullari haqida batafsil ma'lumot berishdilar. Bu bilimlarni o'quvchilarda yanada mukammal o'zlashtirishlari uchun master klass ham tashkil etishdi. Dars so’ngida Uztozlar va o’quvchilar o’rtasida qiziqarli savol-javoblar bo’ldi. O’quvchilar o’zlari uchun kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdi.