SamDTU akademik litsey xotin_qizlar_faoliyati ""MILLIY QADRIYATLAR - MUSTAHKAM OILA POYDEVORI" SamDTU akademik litseyida SamDTU va akademik litsey xotin qizlar kengashi faollari tomonidan Tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va jamoat salomatligi fakultetida xotin qizlar, talaba qizlar ishtirokida "Milliy qadriyatlar - mustahkam oila poydevori" mavzusida targibot tadbirlari o'tkazildi. Oila jamiyatning kichik bo'g'ni va ining hayotida muhim o'rin tutadi. Oilada shaxs kamol topadi, tarbiya oladi va hayotga qadam qo'yadi. Oilaviy qadriyatlar va an'analar avloddan avlodga o'tib, milliy madaniyatimizning ajralmas qismini tashkil etib, oila mustahkamligining asosi hisoblanadi. Inson oilada hayotdagi dastlabki saboqlarini oladi va oilaviy muhitda shakllangan qadriyatlar uning dunyoqarashiga, munosabatlariga ta'sir qiladi. Tadbirda so'z olganlar aynan shu masalalar borasida to'xtalib, o‘quvchio‘ yoshlar uchun qiziqarli bo'lgan hayotiy tajribalarga asoslangan ma'lumotlar berildi.