9-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 583-yilligiga bag'ishlangan "Navoiyni yod etib..." mavzusida adabiy-ma'rifiy tadbir kechasi o‘tkazildi. Tadbirda SamDTU "O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan" kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Dastlab akademik litsey direktori X.I.Maxmudova so‘zga chiqib Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ning milliy madaniyatimiz va adabiyotimiz uchun qoldirgan bebaho ijodiy-ilmiy meros haqida yuksak faxr va iftixor bilan gapirdilar va tadbirni ochib berdilar.. Shundan so‘ng, talaba-yoshlar buyuk shoir ijodidan namunalar o'qib, turli sahna ko'rinishlari, jozibali raqs va qo‘shiqlar ijro etdilar.