Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

Navro‘z– yangilanish va qadriyatlar bayrami

Navro‘z– yangilanish va qadriyatlar bayrami Navro‘z – qadimiy va muqaddas bayramimiz bo‘lib, u tabiatning uyg‘onishi, yangilanish va ezgulik timsolidir. Ushbu fayzli kunlarda xalqimiz milliy an’ana va urf-odatlarini e’zozlab, bayramni katta shodiyonalar bilan nishonlaydi. Bizning akademik litseyimizda ham Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda Universitetimiz Akademik litsey va jamoat salomatligi texnikumlari bo‘yicha prorektori, kafedra mudirlari,professor-o‘qituvchilari,rektorat bo‘lim boshliqlari va akademik litsey jamoasi hamda o‘quvchilari ishtirok etdilar.Tadbir davomida o‘quvchilar milliy liboslarda chiqish qilib, o‘zbek xalqining boy madaniyatini namoyish etdilar. Atlas va adras liboslar, milliy bosh kiyimlar bayramga alohida fayz bag‘ishladi. Sayl davomida dasturxonlar turli milliy taomlar bilan bezatildi. Sumalak, halim, ko‘k somsa va boshqa bahoriy ne’matlar mehmonlarga tortiq qi9lindi. Har bir dasturxon o‘ziga xos bezak va did bilan tayyorlangani barchada katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbirda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’anaviy hunarmandchilik namunalari ham namoyish etildi. Bu esa yosh avlodni milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Navro‘z – do‘stlik, mehr-oqibat va birlik bayramidir. Ushbu sayl barchaga ko‘tarinki kayfiyat, iliq taassurot va unutilmas lahzalarni ulashdi.

05-Apr.2026