Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

Ochiq eshiklar kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot univerisiteti akademik litseyida 2024- yil 20-aprel kuni “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tashkil etildi.
Tadbirga Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tashrif buyurib, akademik litseydagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
O’quvchilarda, ayniqsa, akademik litseydagi kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, ulardagi mavjud jihozlar, litsey o’quvchilari tomonidan olib borilayotgan laboratoriya mashg’ulotlari katta qiziqish uyg’otdi.
Tadbir Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olinib shu kuni efirga uzatildi.

23-Apr.2024