Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev iqtidorli, bilimga chanqoq va tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratish, qolaversa litseyida ta’lim sifati va sharoitini yanada takomillashtirish, talabalar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida universitet rektori bilan doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinadi. Jumladan, joriy yilning 5-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev iqtidorli, bilimga chanqoq va tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalarning fikr va mulohazalari, muammo va takliflari tinglandi. Muloqot davomida Prezidentimizning 14-fevraldagi yoshlar bilan muloqotida ilgari surilgan gʻoyalar va belgilangan bir qator ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tadbir doirasida Universitetdagi hamda universitet qoshidagi akademik litseyida o‘qishi davomida tengdoshlari orasida iqtidori va faolligi, izlanuvchanligi hamda fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi bilan “REKTOR STIPENDIYASI” ni qo‘lga kiritgan hamda bir qator Respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlar, fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan talaba-yoshlar, nomdor davlat stipendiyalari sohiblariga diplom va sertifikatlar topshirildi.

12-Mar.2025