Samarqand davlat tibbiyot universiteti 3-son Akusherlik va ginekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va akademik litsey qizlari ishtirokida “Normal fiziologik tug‘ruq olib borish”, “Gormonal buzilishlar”, “Normal hayz sikli”, “Normal fiziologik homiladorlik” mavzularida ma’ruza darsi o‘tkazildi. Mashg‘ulotda: 3-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent N.N.Shavazi, hamda kafedra assistentlari N.F.Najimova, K.F.Rayimjanova, D.T.Husanovalar ishtirok etishdi. Dars davomida homiladorlik va tug‘ruq jarayonining fiziologik kechishi, gormonal o‘zgarishlar hamda ayollar salomatligiga oid muhim nazariy bilimlar berildi. Dars yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi.