Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti akademik litseyi I bosqich o‘quvchilariga “Kamqonlik va uning oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida Universitet Farmakologiya kafedrasi mudiri dotsenti S. J. Yuldashev katta o‘qituvchi E. F. Ibragimova, assistentlar R.R. Arslonova va G. B. Yo‘ldashevalar tomonidan ochiq maʼruza darsi o‘tkazildi. Dars davomida kamqonlik sabablari, belgilari, profilaktika choralariga oid muhim ma’lumotlar berildi hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati tushuntirildi. Dars yakunda o’quvchilar bilan savol-javob tarzida ochiq muloqot tashkil etildi.