Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti akademik litseyida 25 dekabr kuni "Òquv va òquv-uslubiy qòllanmalar, ilmiy ishlar taqdimoti" òtkazildi. SamDTU 86 ta kafedralari bilan vertikal va gorizontal integratsiya asosida hamkorlikda òquv, òquv-uslubiy qòllanmalar chop ettirilmoqda va ilmiy ishlar olib borilmoqda. Akademik litsey òqituvchilari tomonidan 2025 -yilda 110 dan ortiq xorijiy va respublika jurnallarida maqolalar, SamDTU ptofessor-òqituvchilar bilan hamkorlikda Universitet va akademik litsey dars jarayonlariga tadbiq etiladigan 70 ga yaqin òquv va òquv-uslubiy qòllanmalar yaratildi va chop ettirildi. Hozirda litseyda bir nafar òqituvchi fan doktori (DSc) va 9 nafar òqituvchilar falsafa doktori (PhD) bòyicha ilmiy ishlar olib bormoqdalar. 2026- yilda 1 nafar fan doktori va 3 nafar falsafa doktori dissertatsiyasi himoyasi rejalashtirilgan. Akademik litseyda olib borilayotgan òquv-uslubiy, ilmiy ishlar sarhisobi qilindi, desak mubolaģa bòlmaydi. Tadbir yakunida muallliflar akademik litsey rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. Tadbir juda qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.