#Sayyor_tadbir 📚 “Kutubxona — orzular sari yetaklaydigan maskan” Samarqand Davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi bilan hamkorligida “Kutubxona — orzular sari yetaklaydigan maskan” mavzusida sayyor tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali bilim va tafakkurni boyitish, kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar uchun qiziqarli suhbatlar, kitoblar taqdimoti hamda tavsiyalar tashkil etildi.