Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akademik litseyida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" nomli tadbir Samarqand viloyati IIB bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

2025 yil 12 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akademik litseyida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" nomli tadbir Samarqand viloyati IIB bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi boshlig‘i, podpolkovnik Berdichev O‘tkir Xudoyqulovich ishtirok etib, o‘quvchilarga giyohvandlikning zararli ta’siri haqida ma’lumot berdi. Samarqand viloyati IIB xodimlaridan serjant D.J. Shokirov, J. XolmuRodov hamda I. Mamasharipovlar tadbirda so‘zga chiqib, giyohvandlikning oqibatlari, uning tarqalishi va yosh organizmga zararli ta’siri haqida tushuntirish berdi. Shuningdek, safdor E. Rahmonov tomonidan "Reks" laqabli o‘rgatilgan itning zararli moddalarni qidirib topish mashqlari namoyish etildi.

12-Feb.2025