Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda Universitet rahbariyati,akademik litsey professor-o‘qituvchilari va umumtaʼlim maktablar o‘qituvchilari,9-sinf bitiruvchilari hamda ularning ota onalari oshtirok etdilar. Tadbirda mexmonlar akademik litsey faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga akademik litseyda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv jarayonlari, laboratoriya ishlari, fan kabinetlari, axborot-resurs markazi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari mexmonlar akademik litsey hududi bo‘ylab ekskursiyada qatnashib, ta’lim jarayonlari, fan va ijodiy to‘garaklar faoliyati, o‘quvchilarning yutuqlari hamda yoshlarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Tadbir davomida ustozlar va o‘quvchilar tomonidan samimiy suhbatlar tashkil etilib, kelajakda litseyda tahsil olish istagidagi yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi. “Ochiq eshiklar kuni” barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, yoshlarning kelajak kasbini tanlashida muhim qadam bo‘ldi.