Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4910-sonli qarori iasosida akademik litseyning 10 nafar Iqtidorli va barcha fanlarni a’lo baholarga oʻzlashtirgan oʻquvchilari "Akademik litsey iftixori" stipendiyasi bilan taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jamoat salomatligi texnikumlari va akademik litseylar boʻyicha prorektori F.Daminov, boʻlim boshlig'i B.Eshbekov, akademik litsey direktori X.Maxmudova va litsey professor-o‘qituvchilari hamda o‘qiuvchilar ishtirok etdilar. Tadbirda soʻzga chiqqanlar akademik litsey oʻquvchilariga omad tiladi, stipendiyaga munosib koʻrilgan oʻquvchilarga diplom va stipendiya puli tantanali topshirildi. Yoshlarga qaratilayotgan ushbu e’tibor ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishi va intilishini yanada oshirishga xizmat qiladi.