Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati Zebiniso Rahmonova hamda акаdemik litsey professor-o‘qituvchilar va o'quvchilar ishtirokida "Deputat va Yoshlar" uchrashuv tadbiri bòlib òtdi. Tadbirda Zebiniso Rahmonova mamlakatimizda olib borilayotgan taʼlim va tibbiyot sohalaridagi islohotlar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bòyicha Davlat siyosati haqida to‘xtalib o‘tdilar. Qonunchilik palatasi deputati mamlakatimizdagi ko‘zni quvnatadigan yangiliklar, o‘sish-o‘zgarishlar haqida to‘xtalib, jumladan, Samarqand viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida e’tirof etdilar. Mamlakatimizda ta'lim hamda tibbiyot sohasidagi imkoniyatlar va xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, Oliy ta'limga kirishda milliy sertifikatlarning òrni va akademik litseylardan oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida òquvchilarni imtiyozli qabul qilinishi hamda xotin-qizlarga imtiyozli kvotalar ajratilayotganligini ham alohida taʼkidlab o‘tdilar Korrupsiya borasida O'zbekistonda qabul qilingan qonun va qarorlar, oliy ta'lim tizimini raqamlashtirilgani, xalq bilan muloqot tizimi yòlga qòyilgani, davlat xizmatlarini "ʼYagona darcha" tamoyili asosida kòrsatilayotganligi, korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etilganligi haqida ham maʼlumot berdilar. Uchrashuvda ishtirokchilarr etarlicha maʼlumotlar oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlar siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi