Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

SamDTU akademik litseyi O‘quvchilar turar joyida ochiq davra suhbati bo‘lib o‘tdi

SamDTU akademik litseyi O‘quvchilar turar joyida O‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Universitet "Gigiyena" kafedrasi professor-òqituvchilaridan ma’naviyat-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul st. ass. F.S.Ibragimova, kafedra katta o’qituvchisi X.A. Kurbanova, assistentlar L.X. Elmurodova, L.A. Abdimuminovalar, hamda akademik litsey ijrochi direktori, guruh murabbiylari,tarbiyachilar va o‘quvchl qizlar ishtirokida “Sog’lom turmush tarzi!” mavzusida ochiq davra suhbati bòlib òtdi. Suhbatda soģlom turmush tarzi, 5 ta asosiy qoidalari, ularga amal qilish tòģrisida qiziqarli va kerakli ma'lumotlar berildi. Davra suhbatida quyidagi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi: Kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, zararli odatlar, ruhiy salomatlik va stressni boshqarish. Davra suhbatida òquvchi qizlar òzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdilar.

31-Oct.2025