Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

SamDTU akademik litseyida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

SamDTU akademik litseyida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan samimiy va ko‘tarinki ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda uzoq yillar davomida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan Ustozlar, nuroniylar hamda nafaqadagi pedagog-xodimlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida hayotdan ko‘z yumgan Uztozlar xotirasi yod etilib, ular haqqiga Qur’on tilovat qilindi. Ustozlarning fidokorona mehnati, yoshlar kamoloti yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, bugungi tinch va farovon hayot, ilm-ma’rifat rivojida ustozlarning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi. Bayram tadbiriga taklif etilgan nafaqadagi Ustozlarga hurmat bajo keltirilib, akademik litsey direktori tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alar topshirildi. Ularning hayotiy tajribasi, boy bilim va nasihatlari yosh avlod uchun katta maktab ekani qayd etildi. Tadbir davomida samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat muhiti hukm surdi. Mazkur uchrashuv barchada o‘tganlarni xotirlash, ustozlarga ehtirom ko‘rsatish hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

10-May.2026