SamDTU akademik litseyida BUYUK SHOIR VА MUTАFАKKIR АLISHER NАVOIY TАVАLLUDINING 584 YILLIGI KENG NISHONLАNDI. Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʼrin tutadi. Ulugʼ shoir oʼzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʼoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʼz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʼrin egalladi. Tadbirda SamDTU Tibbiy pedagogika fakulteti «O’zbek tili va adabiyoti, rus rili bilan kafedrasi va akademik litsey professor-o’qituvchilari hamda sheriyatga orzumand talabalari faol ishtirok etishdi.