Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

SamDTU akademik litseyida "Ma'rifatli ona" va "Odobli qiz" nomli tadbir o'tkazildi.

Joriy yilning 15-sentabr kuni SamDTU akademik litseyida o'quvchi qizlarda sog'lom turmush tarzi va salomatlik madaniyatini shakllantirish, ularni yuksak madaniyatli shaxs qilib oilaga tayyorlash maqsadida oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorlik oyligi doirasida "Ma'rifatli ona" va "Odobli qiz" nomli tadbir o'tkazildi. Tadbirda Samarqand viloyati hokimining oila va xotin-qizlar bo'limi bosh mutaxassisi O.Abduraimova, Samarqand shahar hokimi o'rinbosari oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Z.B. Saidova, SamDTU rektor maslahatchisi, xotin-qizlar qo'mitasi raisi G.I.Xudoyberdiyeva, Navoiy viloyati Navoiy shahri Uy-joy, yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasining ma'naviy-marifiy masalalari bo'yicha mutaxassisi,amaliyotchi psixolog G.R.Egamova hamda SamDTU akademik litseyi ijrochi direktori b.f.n X.I.Mahmudovalar ishtirok etdi. Tadbirda bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar, jamiyatda, oilada ayol kishining o'rni haqida to‘xtalib, ma'rifatli ona tarbiyalagan qizlar odobli bo'lishi, odobli qiz kelgusida, albatta, ma'rifatli ona bo'lishi degan fikrlar bayon qilindi.

20-Sep.2026