SamDTU akademik litseyida navbatdagi bitiruvchilarning hayotidagi eng quvonchli va unutilmas kunlardan biri – “Xayr litsey-salom Oliygoh” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Yangi O‘zbekistonimizda ta'lim sohasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli bugungi yoshlarga ilgari tasavvur qilish qiyin bo‘lgan imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, Oliy ta'lim muassasalari sonining ortishi, qabul kvotalarining kengayishi, xalqaro universitetlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, akademik litseylar faoliyatini tubdan isloh qilinishi, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ining rivojlanishi, xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yoshlarimizning ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishiga muhiom omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” degan g‘oyasi bugun o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Bizning bitiruvchilarimizning yutuqlari ham ana shu e'tibor va g‘amxo‘rlikning natijasidir. Shu o‘rinda Universitet tomonidan akademik litseyga yaratilgan zamonaviy laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulotlar uchun mavjud imkoniyatlar, professor-o‘qituvchilar bilan gorizantal va vertical hamkorlik, ilmiy muhit va qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘quvchilarimizning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganligini ta’kidlaymiz. Akademik litseyimiz uchun 2025-2026 o‘quv o‘quv yili yutuqlarga boy yil bo‘ldi: Jumladan, Fan olimpiadalari yo‘nalishida akademik litseyimiz o‘quvchilari salmoqli natijalarga erishdilar. Xususan, bitiruvchimiz Keldiyorov Samandar kimyo fanidan viloyat olimpiadasining mutlaq g‘olibi bo‘lib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U respublikaning eng kuchli o‘quvchilari orasida TOP-10 talikdan joy olib, Xalqaro kimyo olimpiadasi – IChO saralashining yakuniy bosqichigacha yetib bordi. Yana bir quvonarli jihat shundaki, o‘quvchimiz Central Asian University tomonidan tashkil etilgan nufuzli olimpiadada g‘olib bo‘lib, 50 million so‘mlik grant sohibiga aylandi. . Bitiruvchilarimiz asosiy qismi biologiya kimyo fva umumta’lim fanlaridan xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lib, xorijiy hamda milliy OTM larga muddatidan oldin talaba bo'lishga muyassar bo'ldilar. Ushbu bayram tadbirida Universitet akademik litsey va jamoat salomatlik texnikumlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori t.f.d. F.A.Daminov, bo‘lim boshlig‘i f.f.d. B.N.Eshbekov, “Informatsion texnologiyalar, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi professori N.A.Sodikov, YADA raislari prof. G.U. Samiyeva, prof. D.Q.Xolmurodova, prof. A.N. Maxmudova, dots. R.N.Abdumuminova, akademik litsey direktori dots. X.I.Maxmudova va akademik litsey professor-o‘qituvchilari ishtirokida litsey bitiruvchilariga oltin, kumush medallar, hamda imtiyozli diplomlar hamda bitiruvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalarni tantanali ravishda topshirdilar.Tadbirga bitiruvchlarni tabriklash uchun taniqli sanatkorlardan Ravshan To‘xtayev tashrif buyurdi.Bayram tadbiriga nufuzli mehmonlarning tashrifi bitiruvchilarimizga yuqori motivatsiya va ko‘taringi ruh bag‘ishladi. Biz jondan aziz farzandlarimiz-bitiruvchilarimizga 'Oydin yul-porloq kelajak " tilab qolamiz.