SamDTU akademik litseyida Universitetining Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasi tomonidan “Dorivor o'simliklardan fitochoylar, damlamalar tayyorlash” nomli ko’rgazmali tadbir o'tkazildi. Tadbirda Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi mudiri N.S. Bozorova,akademik litsey ijrochi direktori X.I.Maxmudova,I-bosqich Sanoat farmatsiyasi yónalishi talabalari va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir doirasida dorivor o'simliklarning tabiiy, quritilgan, damlama, choy, qaynatma,gerbariy holatdagi ko'rinishlar hamda Biotexnologiya, injinering va farmatsiya fakulteti qoshida ishlab chiqarilgan biologik aktiv qo'shimchalar ham yarmarkada namoyish etildi.