Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti akademik litseyida Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bagishlangan "O‘zbekiston-bag‘ri keng diyor" shiori ostida tadbir tashkil qilindi. Jonajon O‘zbekistonimizda hozirgi ‘kunda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikengllik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashab kelmoqdalar. Ushbu tadbirda akademik litsey I-bosqich talabalari milliy kiyimlarda murli millatlararo do‘stlik,ahillik va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan turli badiiy chiqishlar qildilar. Tadbir juda qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.