Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

SamDTU akademik litseyida "Xon atlas" festivali hamda Oila, mahalla va taʼlim maskani oyligi doirasida maʼnaviy va maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

SamDTU akademik litseyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2005-yil 8-sentyabrdagi 3/15-4/1-7927 son xati bilan ijroga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasining 2025 yil 3-sentyabrdagi 02-03/1256 sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand shahar oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorligida "Xon atlas" festivali hamda Oila, mahalla va taʼlim maskani oyligi doirasida maʼnaviy va maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. "Xon atlas" festivali xalqimizning ming yillik òtmishi, urf-odatlari, didi, estetik qarashlarini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida "Xon atlas" festivaliniòtkazish an'anaga aylanib bormoqda. Tadbirda Samarqand shahar hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig'i R.T.Toshniyozova, Joyi chuqur mahallasi xotin qizlar faoli G.Normurodova, akademik litsey direktori X.I.Maxmudovalar va akademik litsey professor-o‘qituvchilari hamda o‘quvchi qizlari ishtirok etdilar.

29-Sep.2026