Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

SamDTU Biologik kimyo kafedrasi SamDTU akademik litseyida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi

🧪 SamDTU Biologik kimyo kafedrasi SamDTU akademik litseyida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Biologik kimyo kafedrasi mudiri prof.Q.M. Xalikov, kafedra dotsentlari: X. G. Sattarova,X.B. Fayzullayeva, PhD. Z. R. Mamadaliyeva, G. X. Usarov, D. A. Toshmurodov,O.X. Kim hamda kafedra assistentlar: S. A. Xalimova,N.K. Murtazoyevalar tomonidan akademik litsey talabalari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. 📚 Mashg‘ulot davomida: * “Biokimyo fanining tibbiyotdagi o‘rni” * “Zamonaviy molekulyar diagnostika usullari” * “Biokimyoviy tahlillarning diagnostik ahamiyati” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. 🔬 Amaliy qismda esa talabalar: * glyukometr yordamida qondagi qand miqdorini aniqlash, * biokimyoviy analizatorda mochevina miqdorini tekshirish, * test tayoqchalari orqali siydik tahlilini o‘rganish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qildilar. ✨ Mashg‘ulot talabalar bilimini mustahkamlash va ularning tibbiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

01-May.2026