SamDTU akademik litseyida I. P. Pavlov nomidagi 1-Sankt Peterburg davlat meditsina universiteti Umumiy va bioorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor, SamDTU faxriy professori K. N. Semyonov va akademik litsey o‘quvchilari òrtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda kimyo fani yutuqlari va kimyo fanidan o‘tkaziladiladigan xalqaro olimpiada to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. O‘quvchilar olimpiada bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.