Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

SamDTU va akademik litsey iqtidorli talabalari Toshkent shahriga bir kunlik sayohat tashkil qilindi.

SamDTU va akademik litsey iqtidorli talabalari uchun Universitet rektori Jasur Rizayev tashabbuslari bilan Toshkent shahriga bir kunlik sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida talabalar,Universitet rektori bilan birgalikda Shahidlar maydoni va “Shahidlar xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishib, tariximizning og‘riqli, ammo ibratli sahifalari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida talabalarga maydonning barpo etilish tarixi, Ajina ko‘prigi atrofidagi voqealar hamda repressiya davrida qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz xotiralari haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari talabalar Muzey ekspozitsiyalarini tomosha qilish jarayonida mustaqillik, tinchlik va yurt ravnaqi yo‘lida fidokorlik ko‘rsatgan insonlar hayoti bilan tanishdilar. Bu esa ularning tarixiy xotiraga hurmat, vatanga mehr va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi. Mazkur ekskursiya o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy bilimlarini boyitish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

22-Nov.2025