Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 4910-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida SamDTU akademik litseyi ijrochi direktori va Biologiya kafedrasi professor- oʼqituvchilari tomonidan re'jaga muvofiq Narpay va Kattaqurgʼon tumanlarida targʼibot-tashviqot ishlari olib borildi. Narpay tumani umum-taʼlim maktablarining 9-sinf oʼquvchilari oʼrtasida "Rektor olimpiada"si oʼtkazildi. Olimpiadada gʼolib chiqqan iqtidorli oʼquvchilar diplom, sertifikat va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandilar.