Dushanba - Shanba 8:00-17:00
Telfon raqam +998 66 232 23 58

Batafsil

Webster universiteti xodimlari tashrif buyurishdi

2024-Yil 13-noyabr kuni Sam DTU akademik litsey faollar zalida Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro bo’limi xodimlari,Toshkent Webster universiteti rektori Dr.Anthony Jarvis hamda jamoat salomatligi texnikumlari va akademik litsey bitiruvchi kurs o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Toshkent Webster universiteti rektori so’zga chiqib, ingliz tilida nutq so’zladi va yig’ilganlarga Webster universiteti, undagi ta’lim dasturlari va jarayonlari, shart-sharoitlari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litsey ijrochi direktori X.Maxmudova so’z olib, kelajakda Sam DTU va Webster hamkorligi, nafaqat akademik litsey bitiruvchilariga, qolaversa, Samarqand yoshlariga keng imkoniyatlar eshigini ochishini aytib, ushbu yangilik litsey ma’muriyati tomonidan iliq kutib olinganini bildirdi.
Uchrashuv so’ngida Webster jamoasi tomonidan viktorina o’tkazildi. Viktorinada faol qatnashgan o’quvchilar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

27-Nov.2024