O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi va “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” dasturi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, “SOF EXPO Samarqand” xalqaro ko‘rgazmalar markazida 2026-yil 10–11 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “WORLD EDU 2026” xalqaro ko‘rgazmasida akdemik litsey bitiruvchilari faol ishtirok etishdi. “WORLD EDU 2026” xalqaro ko‘rgazmasida akademik litsey iqtidorli talabalari maxalliy va xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish, o‘quv dasturlari hamda stipendiya va ta’im grandlarini qo‘lga kritish imkoniyatlari bilan ham tanishdilar.