Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida "Yoshlar oʼrtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, diniy aqidaparastlik hamda turli giyohvand moddalar taʼsiriga tushib qolmaslik" mavzusida reja asosida tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda akademik litsey ijrochi direktori X.I.Maxmudova, Universitet rektor maslahatchisi E.А.Аripov,Psixiatriya va narkologiya kafedrasi assistenti B. T. Toʼraev, Samarqand shahri boʼyicha IIO FMB 6-sonli IIB profilaktika katta inspektori mayor D.J.Elmurodovlar hamda akademik litsey oʼquvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda oʼquvchilarga mavzuga doir asoslangan maʼlumotlar berildi hamda oʼquvchilarga tegishli xulosalar chiqarishlari kerakligi ham aytib oʼtildi.